Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent teleminorasi bilan bog‘liq videolar bo‘yicha munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent teleminorasi bilan bog‘liq videolar bo‘yicha munosabat bildirildi

Foto: «Zen.yandex.ru»

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent teleminorasi tungi illyuminatsion chiroqlarini turli xildagi tashqi omillarga ko‘ra o‘chirib yoqilganligi aks ettirilgan video lavhalar tarqatildi.

Toshkent teleminorasida o‘rnatilgan illyuminatsion yoritish chiroqlari Internet yoki boshqa tizimlarga ulanmagan va ular orqali boshqarish imkoniyati mavjud emas.

Agarda texnik sabablar bilan o‘chish holati yuz bergan vaqtda illyuminatsion yoritish chiroqlari to‘liq o‘chadi va navbatchi xodimlar tomonidan qayta yoqiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent teleminorasi to‘g‘risidagi tarqalgan video lavhalar o‘z tasdig‘ini topmaganligini ma’lum qilamiz, deb yozadi «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK ma’muriyati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring