Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV tizimiga «adashib kirib qolish» mumkinmi?

IIV tizimiga «adashib kirib qolish» mumkinmi?

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov o‘tgan va joriy yilda tizimning necha nafar xodimi turli darajadagi javobgarlikka tortilgani haqida ma’lumot keltirdi. Unga ko‘ra, karantin qoidalarini buzgani uchun 78 nafar ichki ishlar organlari xodimi jarimaga tortilgan, 1 nafari hatto ishdan bo‘shatilgan.

2019-yilda jami 7039 ta xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilganini aytgan matbuot kotibi birgina yo‘l harakat qoidalarini buzgan uchun 1223 nafar xodim jarimaga tortilganiga urg‘u berdi. Jinoiy javobgarlikka tortilgan xodimlar ham oz emas: 133 nafar!

Joriy yil boshidan buyon 2350 nafar xizmat intizomini buzgan xodim aniqlangan, 45 xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan.

«Mana raqamlar, endi kim ayta oladi bular o‘zinikini berkitadi, deb. Qonun ustuvorligini ta’minlash, so‘zda emas, amalda, hozirda bizning birinchi vazifamizdir», deya ta’kidladi u.

Shohruh G‘iyosov vazirlik tozalash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilayotganini aytar ekan, IIO saflariga «adashib kirib qolganlar» iborasini ham ishlatadi. Ayni ibora esa savol tug‘dirishi aniq: tizimga ishga kirish uchun ozmuncha chig‘iriqdan o‘tilmaydi, nahot shundayam «adashib kirib qolish» mumkin bo‘lsa?!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring