Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIV tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

IIV tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Polkovnik Abdullayev Alisher Allambergenovich IIV Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Abdullayev IIV Akademiyasi boshlig‘ining moliya va moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Ortiqboyev Fayzulla Qosimovich Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar F.Ortiqboyev IIV Kadrlar bosh boshqarmasi kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish boshqarmasi maxsus tayyorgarlik va malaka oshirishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring