Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV oxiriga yetkazilmagan qaror loyihasini muhokamaga qo‘yib yuborgani oshkor bo‘ldi

IIV oxiriga yetkazilmagan qaror loyihasini muhokamaga qo‘yib yuborgani oshkor bo‘ldi

Erali Bozorov

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vazirligi «oxiriga yetkazilmagan» qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yib yuborgani ma’lum bo‘lgan.

Anjumanda qatnashgan IIV JXD YHXB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Erali Bozorovning aytishicha, YPX xodimini tasvirga olib, uni internetda tarqatish haqidagi qaror loyihasi «hali oxiriga yetkazilmagan».

«Bu — bir loyiha va u hozircha oxiriga yetkazilmagan. Bu bo‘yicha ishchi guruh ishlayapti. Mazkur masala yuzasidan rivojlangan xorij davlatlarining tajribasi tadqiq etilib, keyin Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Ayni vaqtda bu loyiha o‘rganish jarayonida», degan u.

Aslida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qo‘yiladigan loyihalarning aksariyati keyinchalik tasdiqlanib, imzolanadi. Jamoatchilikning katta e’tiroziga sabab bo‘lganlari esa rad etiladi va mas’ul idoraga qayta ishlash uchun yuboriladi. Lekin shu vaqtgacha u yerga qo‘yilgan loyihalar «oxiriga yetkazilmagani» uchun qaytarib yuborilmagan.

O‘tgan hafta mazkur qaror tasdiqlanib, YPX xodimlarini suratga olish taqiqlangani haqida feyk xabarlar tarqalgandi. IIV bunga biror izoh bermagach, Xabar.uz tahririyati vaziyatni o‘rganib chiqqan va bularning bari yolg‘on ekanini yozgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring