Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Huquq faoli Surat Ikromov olamdan o‘tdi

Huquq faoli Surat Ikromov olamdan o‘tdi

O‘zbekistonlik taniqli inson huquqlari himoyachisi Surat Ikromov 76 yoshida Toshkentdagi uyida vafot etdi. Rafiqasi 3-may kuni ertalab soat 7 larda Surat Ikromovning yuragi urishdan to‘xtaganini aytdi, deb xabar bermoqda BBC o‘zbek xizmati.

Surat Ikromov 1945-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Mutaxassisligi bo‘yicha radio aloqa va radio eshittirishlarni efirga uzatish bo‘yicha injener bo‘lgan.

U bosmaxonada ishlagan, fotomuxbir sifatida suratlari gazetalarda e’lon qilingan.

Surat Ikromov o‘z faoliyati sabab ko‘plab ta’qiblarga uchragani aytiladi.

2003-yil avgustida niqobli shaxslar Toshkentning Ko‘kchasida Surat Ikromovga hujum qilishadi. Boshiga qop kiygizib, qo‘llari bog‘langan holda Toshkent shahri tashqarisida daryo bo‘yida qoldirishadi, «Jiguli»siga o‘t qo‘yishadi. Do‘pposlangani oqibatida inson haqlari faolining bir necha qovurg‘asi singan.

Ushbu hujum va boshqa tazyiq va bosimlarga qaramasdan, u O‘zbekistondagi inson haqlarini himoya qilishda davom etgan, hibsga olish, dastlabki tergov, sud va qamoqxonalardagi inson huquqlari poymol etilishi holatlarini ommaga oshkor qilib kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring