Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlarning ta’tilga chiqish jadvali e’lon qilindi

Hokimlarning ta’tilga chiqish jadvali e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi va Toshkent shahri hokimi bilan birgalikda beshta viloyat rahbari kecha, 17 yanvar kuni 10 kunlik mehnat ta’tiliga chiqdi, deb xabar berdi «Daryo».

Foto: «Daryo»

Unga ko‘ra, kecha, 17 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev, Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev, Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov, Sirdaryo hokimi G‘ofur Mirzayev, Surxondaryo viloyati rahbari To‘ra Bobolov va Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatovlar 10 kunlik muddatga mehnat ta’tiliga chiqqan.

Aytilishicha, 7 nafar rahbar bilan bir vaqtda ushbu hududlarda faoliyat yurituvchi hokim o‘rinbosarlari, maslahatchilari va sektor rahbarlaridan iborat 935 nafar mas’ul ham ta’tilga chiqqan.

2021 yil 28 yanvardan boshlab esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbari Murod Kamolov, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov, Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev, Navoiy hokimi Qobul Tursunov, Namangan hokimi Shavkat Abdurazzoqov, Farg‘ona hokimi Xayrullo Bozorov va Xorazm viloyati rahbari Farhod Ermanovlar ham 10 kunlik mehnat ta’tiliga chiqadi.

2021 yil 28 yanvardan boshlab mehnat ta’tiliga chiquvchi hokimlar bilan birga ushbu hududlarda faoliyat yurituvchi 959 nafar mas’ul ham salomatligini tiklash maqsadida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va davolanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring