Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yangi hokim eski hokimni tan olmaydi» – Kusherbayev

«Yangi hokim eski hokimni tan olmaydi» – Kusherbayev

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida faoliyat olib boradigan tadbirkor H. Qilichovaga Chiroqchi tumani hokimligi undan xarid qilgan 100 dona planshet uchun 235 mln so‘m qarzini to‘lab bermayapti.

Ma’lum bo‘lishicha, 2022-yil fevral oyida Chiroqchi tumani hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari E. Boboqulov tadbirkordan planshetlarni xarid qilib, pullarini 2 kunda o‘tkazib berishini aytadi. Ammo tadbirkor shu kunga qadar pullarini ololmagan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning yozishicha, ushbu masala joriy yil 13-iyundagi Yakkabog‘ tumanlararo iqtisodiy sudining tegishli ajrimi bilan tadbirkor foydasiga hal bo‘lgan, ammo Chiroqchi tumaniga yangi hokim bo‘lib kelgan N.Erkayev tadbirkorga pulni to‘lab berish bo‘yicha sud qarorini bajarish o‘rniga uni muhokama qilib, ochiqchasiga inkor qilmoqda.

Eng qizig‘i, amaldagi tuman hokimi planshetlar sobiq hokim davrida sotib olingan, shu bois to‘lovni uning o‘zi qilishi lozimligini aytgan (Chiroqchi tumanining sobiq hokimi H.Jo‘rayev hozirda Ko‘kdala tumani hokimi vazifasida ishlaydi, -tahr.).

«Yangi hokimning eski hokimni tan olmaslik kasali yangilik emas. Afsuski, bu O‘zbekistondagi davlat boshqaruvida tez-tez kuzatiladigan tendensiya. Va buning bosh sababi qonunlarga itoatsiz, zo‘ravon, bilim va dunyoqarashi past kadrlarning boshqaruvga kelib qolishi bilan bog‘liq.

Yangi O‘zbekiston sharoitida ham shunday dunyoqarashli kadrlarning yuqori va mas’uliyatli hokim lavozimida saqlanib qolayotgani achinarli», – deb yozadi Kusherbayev. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring