Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston va Turkiyaga borish uchun kimlarga ruxsat beriladi?

Hindiston va Turkiyaga borish uchun kimlarga ruxsat beriladi?

Foto: Xabar.uz

Tegishli tashkilotlarning taklifini inobatga olgan holda Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, shu yilning 10 mayidan Hindiston va Turkiyaga faqatgina:

  • xizmat safariga boruvchi O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar,
  • xorijda tahsil olayotgan talabalar,
  • O‘zbekistonda yashash huquqiga ega bo‘lgan chet davlat fuqarolari,
  • diplomatlar va ularning oila a’zolari,
  • xorijda faoliyat yurituvchi fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar,
  • investitsiya loyihalari doirasida olib kelingan mutaxassislar,
  • tranzit va transfer yo‘lovchilar,
  • xorijda davolanish uchun ketayotgan fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga (tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda) aviachiptalarni sotish tizimi joriy etiladi.

Bunda Hindiston va Turkiyaga:

  • xizmat safariga boruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Respublika maxsus komissiyasining ruxsati bilan aviachiptalar sotiladi;
  • xorijda tahsil olayotgan talabalar, O‘zbekistonda yashash xuquqiga ega bo‘lgan chet davlat fuqarolari, diplomatlar va ularning oila a’zolari, xorijda faoliyat yurituvchi fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, investitsiya loyihalari doirasida olib kelingan mutaxassislar, tranzit va transfer yo‘lovchilar, xorijda davolanish uchun ketayotgan fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Hindiston va Turkiyaga borish maqsadida aviachipta xarid qilish uchun Respublika maxsus komissiyasining ruxsati talab etilmaydi.

Ularga aviachiptalar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarga asosan sotiladi, aeroportdan ro‘yxatdan o‘tishda aeroport xodimlari nazorati amalga oshiriladi.

Hindiston va Turkiyaga aviaqatnovlar uchun Hindiston va Turkiyaga aviaqatnovlar uchun cheklovlar o‘rnatilgani, ushbu davlatlardan kelayotgan fuqarolar karantinda o‘tirishga tilxat yozishi haqida xabarlar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring