Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hilton Tashkent City»dagi prezident lyuksi nomerlari narxi ma’lum bo‘ldi

«Hilton Tashkent City»dagi prezident lyuksi nomerlari narxi ma’lum bo‘ldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Hilton Tashkent City» mehmonxonasi 2020-yilning 1-fevralidan mehmonlarni qabul qila boshlaydi. Bu haqda «Spot» xabar berdi.

«Hilton Tashkent City» mehmonxonasi

Mehmonxona xonalarini hozirdan bron qilish mumkin. Standart nomer narxi 194 dollardan 258 dollargacha, vakillik nomeri 236 dollardan 310 dollargacha, burchakdagi nomerlar 353 dollardan 457 dollargacha, prezident lyuksi 1959 dollardan 2460 dollargacha.

21 qavatli mehmonxonada 258 ta nomer bo‘lib, ulardan sakkiztasi prezident lyuksi hisoblanadi.

Mehmonxona hududida uchta Izakaya Pan Asian Restaurant&Lounge, Shosh Restaurant va Tumbler Bar restoranlari bor.

Eslatib o‘tamiz, Tashkent City xalqaro biznes markazining ilk ob’yektlari — Kongress xoll va «Hilton» mehmonxonasi oktyabr oyi boshlarida qurib bitkazilgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni ushbu inshootlarni borib ko‘rgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring