Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Oyog‘ini yalatgan»ini aytgan boshliq ishdan olindi

«Oyog‘ini yalatgan»ini aytgan boshliq ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Rishton tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U. Mamadaliyevning jurnalist va blogerlarni haqorat qilib, ularga bosim o‘tkazgani haqida audioxabar tarqalgandi.

Bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Husan Mamajonov mazkur holat bo‘yicha axborot bergan.

Qayd etilishicha, Rishton tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘z hohishi bilan ariza yozgan. Arizasi qanoatlantirilib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

«Blogerimiz uning harakatlaridan norozi bo‘lsa, belgilangan tartibda sud orqali hal qilsa maqsadga muvofiqdir», deydi Husan Mamajonov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring