Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Grin kard» bo‘yicha qo‘shimcha: bu yildan yashil pasport o‘tmaydi, qizil pasport kerak

«Grin kard» bo‘yicha qo‘shimcha: bu yildan yashil pasport o‘tmaydi, qizil pasport kerak

Foto: Xabar.uz

Ha, bu yildan grin-karta uchun qizil pasport (xorijga chiqish pasporti) raqamlarini kiritish kerak bo‘ladi. Yashil emas, qizil,deb qo‘shimcha qildi bloger Farhod Fayzullayev.

Bu yangilik, ayniqsa, O‘zbekistondan tashqarida yashil (yoki muddati tugagan) pasport bilan yurganlarga qattiq ta’sir qiladi — ular bu yili grin-karta o‘ynay olmaydilar. Bundan tashqari, AQShda noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklar ham endi grin-karta orqali o‘z holatlarini legallashtirishlari muammoga aylanadi.

«Ishqilib, Trampga «rahmat» deymiz-da endi. Bu yil O‘zbekistondan o‘ynovchilar soni keskin kamaysa kerak. Ammo qizil pasport olib, o‘ynaganlarning imkoniyati ortadi», deb yozadi u.

Shuningdek, yangi qoidalarga ko‘ra anketaga faqat to‘ldiruvchining pasport raqami kiritiladi. Ya’ni, siz asosiy da’vogar bo‘lsangiz, sizning pasportingiz raqami kiritiladi; turmush o‘rtog‘ingiz yoki farzandlaringizniki kerak bo‘lmaydi. Ammo agar turmush o‘rtog‘ingiz ham alohida o‘ynamoqchi bo‘lsa, u holda ikkinchi anketaga uning pasport raqami kiritiladi.

Avvalroq «Grin kard» sanasi e’lon qilinib, yangi talablar kiritilgani haqida xabar bergandik. 2021-yil uchun «Grin kard» lotereya dasturi 2019-yil 2-oktyabr kuni boshlanib, 5-noyabr kuni tugaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring