Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turizm sohasida yangi standart tasdiqlandi

Turizm sohasida yangi standart tasdiqlandi

Foto: Xabar.uz

Sog‘lomlashtirish turizmi xizmatlari eng tez rivojlanayotgan tarmoqlardan biridir. Dunyo bo‘ylab ko‘plab odamlar shahar hayotidagi stress va shovqinlardan qochish yoki chet elda tibbiy yordam olish uchun sog‘lomlashtirish turizmi xizmatlarini tanlaydilar. So‘nggi yillarda bu raqamlar tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 18-noyabrdagi 05-1481-son buyrug‘iga binoan Oʻz DSt ISO 21426:2022 (ISO 21426:2018, IDT) “Turizm va yondosh xizmatlar. Sanatoriy-kurortda davolash. Xizmatlarga doir talablar” davlat standarti tasdiqlandi.

Ushbu standart tabiiy shifobaxsh suvlar (dengiz suvidan tashqari) va boshqa tabiiy resurslardan foydalanadigan sanatoriy-kurort muassasalarida sifatli xizmatlar ko‘rsatishga doir talablarni belgilaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring