Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onalik ishonchli vakil qo‘shtepaliklar bilan uchrashdi

Farg‘onalik ishonchli vakil qo‘shtepaliklar bilan uchrashdi

O‘tayotgan har bir kun bizni qizg‘in siyosiy jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga yaqinlashtirmoqda. Saylov tobora o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.

Siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari boshlandi. Tabiiyki, O‘zLiDeP ham partiyadan Prezidentlikka nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturidan kelib chiqadigan yangi formatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlariga jiddiy kirishgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Enaxon Sidiqova bugun Qo‘shtepa tumani saylovchilari bilan uchrashdi.

Tumandagi 15-bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan tadbirda Langar, Shodlik, Qorakaltak mahallalari aholisi ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning avvalgi va hozirgi faoliyatining asosiy jihatlari tahlil qilindi, nomzodning saylovoldi dasturi asosiy mazmun-mohiyati saylovchilarga yetkazildi.

Enaxon Sidiqova saylovchilar bilan uchrashuvlarini Qo‘shtepa tumanidani 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davom ettirdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning mehnat faoliyati va saylovoldi dasturi ishtirokchilarga tanishtirildi.

Saylovoli dasturida barcha sohalar qatori faol tadbirkorlik va manzilli moliyaviy ko‘mak – kambag‘allikni qisqartirishning muhim omili sifatida qaraldi. Xususan, endilikda shahar va tumanlarda iqtisodiy kompleks tarkibiga kiradigan barcha idoralarning bosh vazifasi “mahallabay” ishlash asosida kambag‘allikni qisqartirish va ishsizlikni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratiladi.

Bundan tashqari, 2026-yil yakunigacha kambag‘allikni kamida 2 barobar qisqartirish asosiy vazifalar sirasiga kiradi. 2023-yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 15 foizdan 12 foizga tushiriladi.

Cifatli ta’limga inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili sifatida qaraladi. Maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasi hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkaziladi. Buning uchun qo‘shimcha ravishda 7 mingdan ziyod yangi bog‘cha tashkil etiladi. Oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish bilan birga, asosiy e’tibor ta’lim sifatini oshirishga qaratiladi, – dedi Enaxon Sidiqova.

Ishonchli vakilning navbatdagi manzili tuman Madaniyat markazi bo‘ldi. Unda saylovchilarga kelgusi yillarda amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlar haqida so‘z bordi. Shuningdek, ijodkorlar hamda xushovoz xonandalar ishtirokidagi ommaviy tadbir qo‘shtepaliklarga unutilmas onlarni hadya etdi.

Shohsulton To‘xtamatov, O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi matbuot kotibi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring