Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Energetika bo‘yicha nazorat inspeksiyasida tayinlovlar amalga oshirildi

Energetika bo‘yicha nazorat inspeksiyasida tayinlovlar amalga oshirildi

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘iga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.

Xurshidjon Musajonovich Eshqo‘ziyev — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Jahongir Baxtiyarovich Baybayev — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

J.Baybayev ushbu tayinlovga qadar «O‘ztransgaz» AJ Boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring