Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi arxivdan ma’lumotnoma olish ancha osonlashadi

Endi arxivdan ma’lumotnoma olish ancha osonlashadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun imzolagan «O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga asosan, keyingi yildan arxivdan ma’lumotnoma olish ancha osonlashadi.

Chunki 2020-yil 1-iyungacha quyidagi xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatishni joriy qilinadi:

  • o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;
  • ish stajini tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;
  • ish haqini tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;
  • arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar bo‘yicha annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish;
  • arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish).

Bunday ma’lumotnomalar asosan pensiyaga chiqayotgan paytda juda kerak bo‘ladi. Pensiya arafasidagi fuqarolar arxivma-arxiv tentirab yurishi ham kuzatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring