Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Emmanuel Dyupyui: Shavkat Mirziyoyevning bu tashabbusi menda katta qiziqish uyg‘otdi

Emmanuel Dyupyui: Shavkat Mirziyoyevning bu tashabbusi menda katta qiziqish uyg‘otdi

Emmanuel Dyupyui

Yevropada istiqbolni belgilash va xavfsizlik instituti prezidenti Emmanuel Dyupyui O‘zbekiston rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqiga o‘z munosabatini bildirdi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi bilan diqqat bilan tanishib chiqqach, davlat rahbari tomonidan bildirilgan bir qancha tashabbuslarni qayd etmoqchiman.

Afg‘onistonda fransuz qo‘shinlarining birlashgan bo‘linmasi sobiq siyosiy maslahatchisi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘onistonda xalqaro hamkorlikning yangi formati — BMT huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatadigan qo‘mitani tashkil etish tashabbusi menda katta qiziqish uyg‘otdi.

Mazkur tashabbus O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarining mantiqiy davomi hisoblanadi. 1997-yildayoq Afg‘oniston muammosini hal etish uchun O‘zbekiston «6+2» muloqot guruhini tashkil etish tashabbusi bilan chiqqan va 1999-yilda Toshkentda ushbu guruhning yig‘ilishi o‘tkazilgan.

BMT huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatadigan qo‘mitani tashkil etish tashabbusi Markaziy Osiyo davlatlari uchun Afg‘oniston muammosini hal etish, shuningdek, ushbu mamlakatda tinchlikni o‘rnatishda mintaqa davlatlarining o‘rni va joyi muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi. Yangi format, shubhasiz, Afg‘oniston muammosini tartibga solish masalalarini hal qilish uchun qulay sharoitni yuzaga keltiradi.

Ayni paytda «Tolibon» harakati ishtirokidagi muzokaralar davom etmoqda. Ularga AQSh keng jalb etilmoqda.

Tinchlik o‘rnatish uchun siyosiy muzokaralar yetarli emas, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish orqali iqtisodiyot va infratuzilmani tiklash zarur. Mazkur yo‘nalishda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar, jumladan, O‘zbekiston muhim rol o‘ynaydi.

Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston yetakchisining Global antiterror strategiyasi doirasidagi Mintaqaviy qo‘shma rejaning 10 yillik natijalari va kelgusi istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani o‘tkazish taklifi nihoyatda dolzarb hisoblanadi. Ushbu tadbir barcha mamlakatlar, xususan, Markaziy Osiyo respublikalarining harakatlarini muvofiqlashtirish va Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni tiklash bo‘yicha yagona yondashuvlarni ishlab chiqishga imkon beradi.

E’tiborimni jalb qilgan yana bir tashabbus «COVID-19» pandemiyasiga qarshi kurash vaqtida o‘z samaradorligini isbotlagan mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish bo‘ldi.

Jahon hamjamiyati O‘zbekistonning ushbu yo‘nalishdagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashiga umid qilaman.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring