Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YI Toshkent botanika bog‘iga texnik ko‘mak ko‘rsatdi

YI Toshkent botanika bog‘iga texnik ko‘mak ko‘rsatdi

Yevropa Ittifoqi akademik F.N.Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘iga texnik ko‘mak ko‘rsatdi. Yordam to‘plami bog‘dagi ishlarning samaradorligini oshirish uchun zamonaviy texnika va mehmonlar uchun qulay o‘rindiqlarni o‘z ichiga oladi.

Shu munosabat bilan bog‘ hududiga tashrif buyurgan YeIning yurtimizdagi elchisi Toyvo Klaar botanika bog‘ini «shahar markazidagi xazina» deb atagan.  

«Bu bog‘ mintaqaga xos bo‘lgan eng katta va qadimgi tabiiy bog‘lardan biri bo‘lib, dam olish hamda ilmiy tadqiqotlar uchun xizmat qiladi. Bog‘ mehmonlarga besh mintaqa – Markaziy va Sharqiy Osiyo, Uzoq Sharq, Yevropa va Shimoliy Amerikaning o‘simlik dunyosini o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu yerda 4500 dan ortiq daraxt, gul va o‘simlik turlari mavjud», – deydi YI elchisi.

Diplomat Toshkent ahli va mehmonlarini bu o‘ziga xos makonda ko‘proq bo‘lishga undagan.

«Bu yerda nafaqat tabiatning go‘zalligidan bahramand bo‘lish, balki tabiatni muhofaza qilish va bioxilmaxillikni saqlash uchun ko‘rilayotgan sa’y-harakatlar bilan tanishish mumkin. Dunyoda ekologik buzilish va iqlim o‘zgarishi kabi yirik muammolar kun tartibiga chiqayotgan bir vaqtda Toshkent botanika bog‘i kabi joylar ekologik ongni oshirishda muhim o‘rin tutadi», –  deydi Toyvo Klaar.

Ma’lumot o‘rnida, har yili may oyida Yevropa Ittifoqi festivali tadbirlari ham aynan botanika bog‘ida o‘tkaziladi.

YI O‘zbekistonni yashil energetikaga o‘tish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni davom ettirishga chorlab keladi.

«Toshkentning o‘pkasi» deb ta’riflanadigan botanika bog‘i MDH hududidagi eng yirik va qadimiy tabiiy bog‘lardan biridir. Hozirda bu maskan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi institutiga tegishli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring