Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Minerva City xonadon egalari Dubay sari yo‘l olishga tayyor

Minerva City xonadon egalari Dubay sari yo‘l olishga tayyor

Biz sizga sharq megapolisi hayoti ritmidan ilhomlangan majmuadagi turmush haqida tasavvurni taqdim etmoqchimiz. Aynan shu sababli xaridorlarimiz uchun serquyosh Dubayda dam olishni tashkillashtirdik.

Sermazmun ta’til kunlaringiz akvaparklar, dayving, jahon brendlari do‘konlaridagi shoping, dunyo taomlari restoranlarida maroqli o‘tadi. Parvozlarni sog‘inganlarga Minerva City xaridorlariga ajoyib to‘plamni taqdim etdi. Pandemiya tufayli barchamiz sayohat va yangi taassurotlardan ayrilgan edik, lekin endi jomadonlarni tayyorlab, har qachongidan ham ko‘proq xursand bo‘lyapmiz.

Minerva City qoldirilgan parvozlarning o‘rnini to‘ldirish va dam olish uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etadi. Xonadon sohibi bo‘lib, serquyosh Dubayga yorqin taassurotlar ortidan uchib ketishga tayyor bo‘lgan xaridorlarimiz soni biz kutgandan ham ko‘p bo‘ldi. Bunday imkoniyatni aksiya doirasida xonadon xarid qilganlarning hammasiga taqdim qildik.

Fors ko‘rfazi sohilidagi serquyosh shaharda kunlarini unutilmas tarzda o‘tkazish uchun barcha tayorgarliklar qilingan. Arab amirligini zabt etish uchun ketishiga ham kam fursat qoldi. Xursandchilik bilan aytishimiz mumkinki, sotuv ofisi xodimlari xarid kutilganidan ham yaxshi bo‘lganligini takidlashmoqda.

Xaridorlarimizning taassurotlari va fikrlarini siz bilan bo‘lishmoqchimiz.

Yarmatova D:

– Minerva Citydan ikkinchi marotaba uy harid qildik. Bizga loyiha juda yoqadi, har doim sotuv bo‘limiga kelganimizda bizni tabassum bilan kutib olishadi. Xaridorlarga e’tibor juda ham katta. Yaqinda Dubay uchun aksiya e’lon qilishganini eshitib, ikkinchi uyni ham harid qilish istagi paydo bo‘ldi. Hozirda Dubayga ketish uchun hozirlik ko‘ryapmiz. Kompaniya xodimlariga rahmat.

Almatova D:

– Qizim juda ko‘p xorijiy mamlakatlarda bo‘ladi. Yaqinda Sergeli atrofida hovli qidirib yurganimizda Minerva City tomon kelib qoldik va atrofi reklama bannerlari bilan o‘ralgan qurilishga ko‘zimiz tushdi. Juda katta maydonni qamrab olgan loyiha bizni o‘ziga jalb qildi. Sotuv bo‘limiga kirdik va barcha loyihalar bilan tanishib chiqdik. Eng maqul bo‘lgani bu – Minerva City xonadonlari bo‘ldi. Loyihaning o‘ziga xosligi, shahar ichida shaharni qamrab olgani juda-juda e’tiborli. Biz xonadon xarid qilganimizda Dubay aksiyasi bo‘layotganligi haqida sotuv bo‘limi xodimi ma’lum qildi hamda bundan juda quvondik.

Yarashova Aziza:

– Shahar bannerlarida Minerva Cityni ko‘p ko‘rgansiz. Reklama roliklarida namoyish qilingan bu shahar ichidagi loyiha e’tiborimizni tortib, sotuv ofisiga keldik. Bu yerda juda iliq kutib olishib, yaxshi tushuntirib berishdi. Barcha loyihalar bilan tanishdik. Xonadon xarid qilganlarga Dubayga borish uchun yo‘llanma ham berilayotgan ekan, yana 6 yulduzlik mehonxonalarga, bu juda ajoyib, shunday emasmi? Biz o‘ylab ham o‘tirmasdan xonadon xarid qildik va oilamiz bilan dam olishga ketamiz. Bunday imkoniyatni taqdim etgan kompaniya xodimlaridan minnatdormiz.

– Qashqadaryodan keldim. Uy olish maqsadim bor edi. Faqat shahar markazidan uy qidirib yurgan edim, negadir shovqindek ko‘rindi, tabiatli joy bormikin deb qidira boshladim. Yangi Hayot tumanida qurilayotgan shahar ichidagi shahar loyihasi, ya’ni Minerva City haqida aytib qolishdi. Yaqinda do‘stlarim aynan o‘sha yerdan uy olishgan ekan. Yashil zonali hududlarining ko‘pligi, golf maydonlarining bo‘lishi e’tiborimni tortdi va loyiha bilan tanishib chiqdim. Uning ichida hamma sharoitlari bor ekan. Bu kelajakda juda yorqin loyiha bo‘lishiga hech shubham yo‘q, bo‘ldi, sotib olaman dedim. "Dubayga ketishingiz uchun chipta" deb taqdim qilishganida, albatta, xursand bo‘ldik. Bu xalqaro investitsion kompaniyaning mijozlarga qilayotgan ajoyib tuhfasi deb o‘ylayman.

Jumaniyozov E:

– Menga loyihalarning yoqqan tarafi ular butunlay shahar formatini eslatmaydi. Yashillik (tabiat, suv) bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilingan. Tasavvur qiling, ishdan charchab keldingiz, uyga kelish yo‘lida ajoyib favvoralar, yashil daraxtlar, hattoki katta ko‘l bo‘ladi. Uyga kirguncha charchog‘ingiz chiqadi va ertalab oilangiz bag‘ridan kulib chiqasiz va yana yaxshi kayfiyatda qaytasiz. O‘zbekistondagi loyihasining 60 foizi yashillik bilan qoplangan, 100 million dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritayotgan, qo‘rqmay katta hududlarga loyiha bunyod etayotgan birinchi kompaniya siz bo‘lsangiz kerak. Hali bitsa, o‘z ko‘zimiz bilan ham ko‘ramiz, nasib. Oilam bilan birga chet el safarliga chiqishdan baxtiyorman va Dubay safari bizga unutilmas taassurot berishiga ishonaman.

Eslatib o‘tamiz, Minerva Citydan xonadon sotib olganlar, Dubaydagi 6 yulduzli mehmonxonada dam olish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Ushbu mehmonxona haqidagi qiziqarli faktlarni bo‘lishmoqchimiz.

Atlantis The Palm Dubai — bu Palma Jumeyra sun’iy orolidan joy olgan, 2008 yilda ochilgan birinchi kurort mehmonxona.

Mehmonxona orolda eng kattasi hisoblanadi.

Mehmonxonadagi ikkita suv osti lyukslariga Poseydon va Neptun afsonalari nomi berilgan. Ularning har biridan dunyodagi eng katta akvariumlardan biriga qaraydigan panoramali derazalar mavjud.

Qolganlari haqida gapirishga hojat yo‘q — xonadon egalari bevosita bularning shohidi bo‘lishi mumkin!

Aksiyamizda qatnasha olmagan bo‘lsangiz, xafa bo‘lmang. Hali siz va bizni yorqin hamkorliklar kutmoqda.

Reklama

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring