Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dahshatli manzara: Qarshi hokimiyati shaharni daraxtlarni kesib obodonlashtirmoqda

Dahshatli manzara: Qarshi hokimiyati shaharni daraxtlarni kesib obodonlashtirmoqda

Qarshi shahar obodonlashtirish bo‘limi xodimlari ko‘p yillik daraxtlarning 14 turini shafqatsizlarcha kesib tashlashdi. Bu haqda «Ekologuz» telegram kanalida xabar berilgan.

Yarim kechada bundan habar topgan Viloyat atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi vakillari voqea joyiga yetib kelganlarida dahshatli manzaraning guvohi bo‘lishdi. Voqeaning eng g‘alati tomoni shundaki, bu vahshiyliklarning barchasi Qashqadaryo viloyati ma’muriyatidan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, Alisher Navoiy nomidagi bog‘da sodir bo‘lgan va bu varvarlik shahar hokim o‘rinbosari tomonidan nazorat qilingan.

O‘simliklarning fojiali o‘limini to‘liq qoplashning iloji bo‘lmasa-da, atrof-muhitni muhofaza qilish inspektorlari jarimani 59 million so‘m (5600 dollar) atrofida baholashdi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring