Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi

Bugun ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduzi Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning birinchi yarmida, qolgan hududlarida kun davomida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-16° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring