Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bu yil ipoteka krediti bo‘yicha yetishmovchilik va cheklov bo‘lmaydi — Prezident

Bu yil ipoteka krediti bo‘yicha yetishmovchilik va cheklov bo‘lmaydi — Prezident

Arxiv.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Joriy yilda aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida 11,5 trillion so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 4 baravar ko‘p) mablag‘ ajratiladi. Shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha yetishmovchilik va cheklov bo‘lmaydi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Xabar.uz» muxbiri.

«Hudud rahbarlari bir narsani bilib olsin: bu yildan boshlab ipoteka krediti bo‘yicha moliyaviy resurslardan yetishmovchilik va cheklovlar bo‘lmaydi.

Yana bir masala – o‘tgan yilgi Andijon tajribasidan kelib chiqib, fuqarolarga yakka tartibdagi uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda, kredit bir yillik imtiyozli davr bilan 20 yilga ajratilib (o‘rtacha 240 million so‘m), ehtiyojmand aholi uchun foizning bir qismi subsidiya sifatida to‘lab beriladi.

Bu tizim asosida kreditlar joriy yilda har bir viloyatning kamida 500 tadan xonadonga ajratiladi.

Viloyat hokimlari joylardagi ahvoldan kelib chiqib, qaysi tumanda qancha oilaga bunday kreditlarni ajratishni o‘zlari hal qiladi», — dedi Prezident.

Yig‘ilish davomida bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov va moliya vaziri Temur Ishmetovga yil yakuniga qadar respublika bo‘yicha kamida 6,5 mingta xonadon uchun kreditga 1,5 trillion so‘m resurs ajratish topshirig‘i berildi.

Avvalroq respublikada quriladigan uy-joylar soni va narxi ma’lum qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring