Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Havo haroratining ko‘tarilishi xavf yuzaga keltirishi mumkin — Bosh vazir videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi

Havo haroratining ko‘tarilishi xavf yuzaga keltirishi mumkin — Bosh vazir videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ustuvor vaziflar muhokamasiga bag‘ishlangan  videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

«O‘zgidromet»ning ma’lumotiga ko‘ra, shu haftadan havo harorati kunduzi +10 darajagacha va kechalari +3 darajagacha ko‘tariladi. Hatto, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 2-7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Havo haroratining ko‘tarilishi – qor va muzlar erishini tezlatib, sel, ko‘chki va suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimolini yanada kuchaytiradi.

Yig‘ilishda mavjud holat hududlar kesimida chuqur tahlil qilinib, yuzaga kelishim mumkin bo‘lgan salbiy hodisalarni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar hamda hokimliklar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi.

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 18-noyabrdagi 426-son qarorlariga asosan Toshqinga qarshi Hukumat hamda hududiy komissiyalar tuzilgan va ularning asosiy vazifasilari belgilangan.

Vazirlar Mahkamasida o‘tgan yig‘ilish bayoni bilan ushbu Komissiya a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlariga biriktirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring