Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-apreldagi PQ-5066-sonli Qaroriga muvofiq shu kunga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Qodirov O‘tkirjon G‘ayratovich Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

O‘tkirjon Qodirov 1984-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tugallagan.

O‘tkirjon Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring