Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birinchi bosqichda o‘zbek-xitoy, ikkinchi bosqichda Moderna bilan emlansa bo‘ladimi?

Birinchi bosqichda o‘zbek-xitoy, ikkinchi bosqichda Moderna bilan emlansa bo‘ladimi?

Foto: SSV

Ushbu savolga SSV Matbuot xizmati «O‘zbekiston 24» telekanali bilan hamkorlikda tashkillashtirgan «COVID-19»: Savol-javob» teleloyihasida SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi E’zozbek Rizayev tomonidan javob berildi:

— Qaysi vaksinani olishdan qat’i nazar, ularning bajaradigan vazifasi bir xil. «Faqatgina falon vaksinadan olaman», deb kutib turish eng xato yo‘l hisoblanadi.

Barcha vaksinaning ishlash mexanizmi bir xil: virusdan inson hujayrasiga yopishib oladigan oqsil ajratib olinib, bu namuna orqali inson hujayralarida virusga qarshi antitelolarni shakllantirishdir.

Vaksina qayerda ishlab chiqarilgan bo‘lmasin, uning vazifasi organizmda ana shu antitanachalarni paydo qilishdir.

Ba’zilar «Birinchi bosqichda o‘zbek-xitoy vaksinasini olgandim, ikkinchi bosqichda Moderna olsam bo‘ladimi», degan savollar bilan murojaat qilmoqda. Agar o‘zbek-xitoy vaksinasida emlash amalga oshirilgan bo‘lsa, bu 3 bosqichda bo‘ladi. Yurtimizga keltirilgan boshqa barcha vaksinalar 2 bosqichda amalga oshiriladi. Bu vaksinalar bilan emlashning har bir bosqichida alohida ilmiy tekshiruvlar o‘tkazilgan. Bosqichlar ketma-ketligi saqlansagina to‘liq emlanish amalga oshirilgan, deb xulosa qilinadi.

Lekin bugun fanga bir vaksinani boshqasi bilan qo‘shib emlash nima oqibatga olib kelishi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.

Shuning uchun o‘zboshimchalik bilan qaror qabul qilishga haqqimiz ham yo‘q. Bir necha xil vaksina bilan emlanish natijasida nojo‘ya ta’sirlar ko‘rinishi xavfi bor. Shu sababli yurtdoshlarimizdan o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz.

Ammo kimdir boshqa vaksina bilan emlanishni istasa, bir vaksinaning to‘liq dozalarini qabul qilganidan 6 oy o‘tgach, boshqa istagan vaksina bilan bir marta emlanish orqali avval shakllangan antitelolar miqdorini saqlab turishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring