Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Behzod Musayev yarim tunda shoshilinch topshiriq berdi

Behzod Musayev yarim tunda shoshilinch topshiriq berdi

Koronavirusning Omicron shtammi mamlakatimizga kirib kelganiganiga ko‘p bo‘lmadi. Shu sababdan ham kasallikka rosmana chalingan inconlar bilan birga o‘zida shamollash alomatlarini sezganlar, kasallikdan shubha qilganlarning ham «tez yordam» xizmatiga murojaatlari ko‘payib bormoqda.

Bu «tez yordam» xodimlarining ish yuklamasida va kelayotgan murojaatlar sonining kunma-kun oshib borishida ko‘rinib turibdi. Masalan, Toshkent shahar «103» xizmatiga 12 yanvarda 4888 ta murojaat kelib tushdi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Mavjud vaziyatni yaqindan o‘rganish maqsadida sog‘liqni saqlash vaziri B. Musayev bugun tungi soat 03:00 larda Toshkent shahar tez yordam stansiyasida bo‘lib, u yerdagi Call-markaz hamda tez tibbiy yordam xodimlari ish jarayoni bilan tanishdi.

«103» xizmatiga chaqiriqlar soni ortgani va ish yuklamasi ko‘payib borayotgani sababli shu soatning o‘zidayoq vazir topshirig‘i bilan qo‘shimcha tarzda 40 ta zamonaviy jihozlangan tez tibbiy yordam mashinasi haydovchilari bilan birga xizmat tasarrufiga biriktirib berildi.

Bundan tashqari, Call-markaz ish samaradorligini oshirish uchun 30 ta yangi operator o‘rni yaratildi.

Tez yordam brigadalarining tezkorligi va samaradorligini oshirish maqsadida ular qo‘shimcha 100 dona planshet bilan ham ta’minlanadi.

Shuningdek, brigadalar uchun bugun ertalabdan zarur miqdorda koronavirusga qarshi dori-darmonlar bo‘lgan «Covid-box»lar ajratiladigan bo‘ldi.

Tez tibbiy yordam xodimlari bilan yarim tunda o‘tgan muloqot chog‘ida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, biroq xastalik klinik belgilarsiz yoki yengil shaklda kechayotgan bemorlar salomatligini nazorat qilish, ularga ambulator va uyiga borgan holda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahrining 12 ta tumanida 1 tadan maxsus COVID poliklinikalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, koronavirus kasalligi bo‘yicha murojaatlar bilan samarali ishlash maqsadida poytaxtimizdagi 12 ta ko‘p tarmoqli va 66 ta oilaviy poliklinikalarda maxsus mobil brigadalar faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring