Baxtlar vodiysidagi xazina

Dunyodagi eng boy odam baxtlar vodiysida yashaydi. U abadiy boyliklar bilan badavlat. Bu inson boylikni yo‘qota olmaydi va bebaho xazina aqli va qalbiga qoniqish, salomatlik, halovat bag‘ishlaydi. Xo‘sh, badavlat odam olishga sazovor bo‘lgan boylik va vositalarning ro‘yxati nimalardan iborat?..
• Men boshqalarga uni bera turib, baxtni topaman.
• Men hayotdan belgilangan salomatlikni topaman, faqat bu ozuqa tanamning me’yoriy zarurati uchun amal qiladi.
• Men hech kimdan nafratlanmayman, hech kimga hasad ham qilmayman, ammo butun insoniyatni yaxshi ko‘raman va unga hurmat-e’zoz ko‘rsataman.
• Men mehr-muhabbat ila astoydil ter to‘kib, mehnat qilaman, o‘z ishimga ko‘proq o‘yin ulushi qo‘shaman, shuning uchun hech qachon charchamayman.
• Men har kuni ibodat qilaman, boylik to‘g‘risida emas, balki donishmandlikni qo‘lga kiritish borasida ko‘proq qayg‘uraman, toki u menga ulkan boyliklarim, egallagan davlatimni anglash, aql bilan boshqarish va huzur-halovat topishimga imkon bersin.
• Men hech qachon o‘zgalarga hurmatsizlik qilmayman, nopisand munosabatda bo‘lmayman, hech qachon hech kimga tuhmat qilmayman, buni birorta sabab bilan ham ado etmayman.
• Hech kimning menga yaxshilik qilishini istamayman, o‘zimning yaxshiliklarimni boshqalar bilan baham ko‘rish huquqim bundan mustasno.
• Doimo vijdonimning roziligi bilan yashayman va u hamisha menga nima ish qilishim kerakligini aytib turadi.
• Men talab qilingandan ziyod miqyosda moddiy boylikka egaman, chunki ziqnalikdan mosuvoman hamda hayotim davomida ijodiy foydalanadigan o‘sha narsalarni olishga intilaman.
• Farovonligimning manbai men yordam bergan, o‘zimda borini baham ko‘rgan odamlardan iborat.
• Baxt-saodat vodiysidagi boylikni pul bilan o‘lchash mumkin emas. U mening ongimda. Bu boylikni sotib olib, o‘zlashtirib bo‘lmaydi – ana shunday ilg‘ab bo‘lmas manbadir. Uni faqat turmush tarzimni qabul qilgan kishi olishi mumkin. Men bu boylikni umrim bo‘yi yaratdim, tabiat qonunlarini kuzatib, bu qonunlarga muvofiq ravishda o‘zimda odob-axloq tizimini ishlab chiqib erishdim.
Baxt-saodat vodiysidagi insonning muvaffaqiyat maslagi mualliflik huquqidan himoyalangani yo‘q. Agar ushbu maslakni qabul qilib, o‘zaro hamjihatlikda yashasangiz, hayotni siz bilan hisoblashishga, shartlaringizga ko‘nishga majbur etishingiz mumkin. U sizga yangi va istalgan do‘stlarni jalb etishi va dushmanlarni qurosizlantirishi mumkin. Bu muvaffaqiyat maslagi biznesingizni gullab-yashnatib, kasb-hunar yoki martabani ravnaq toptirishi, uyingizni barcha oila a’zolaringiz uchun jannatga aylantirishi mumkin. Muvaffaqiyatga daxldor dunyoqarash umringizni uzaytirishi va sizni qo‘rquvlar hamda tashvishlardan ozod qilishi hech gap emas.
Va eng asosiysi shuki, baxt-saodat vodiysidagi inson maslagi sizga donishmandlik olib keladi. U hali vujudga kelmay turib, barcha shaxsiy muammolarni yechishingiz va hayotingizga tinchlik hamda qoniqish his-tuyg‘usini olib kirishingiz mumkin.
(Napoleon Xill kitobidan)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter