Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-iyundan ayrim hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi

1-iyundan ayrim hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi

Foto:«Xabar.uz»

Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlardan quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi:

- ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
- narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
- sudlanganlik;
- manzil-ma’lumot axboroti;
- fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi;
- turar joyning maydoni;
- soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi;
- soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi;
- pensiya va nafaqa miqdori;
- pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi;
- nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi.

Bunda, davlat organlari va tashkilotlari mazkur hujjat va ma’lumotlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring