Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh O‘zbekistonga tibbiy himoya vositalari hadya qildi. Ular koronavirus aniqlangan taqdirda ishlatiladi

AQSh O‘zbekistonga tibbiy himoya vositalari hadya qildi. Ular koronavirus aniqlangan taqdirda ishlatiladi

Foto: AQSh elchixonasi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Vabo, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi markaziga 600 komplekt shaxsiy himoya vositasi yetkazib berdi. Elchixona matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur vositalar koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston amalga oshirayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taqdim etildi.

Joriy yil yanvar oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus diagnostikasi uchun shaxsiy himoya vositasi va test-komplekt so‘rab xalqaro donorlarga murojaat qilgan edi. Ushbu so‘rovga javoban, AQShning tahdidlarni kamaytirish agentligi (DTRA) 600 komplekt shaxsiy himoya vositasi uchun mablag‘ ajratdi. Ushbu to‘plam tarkibiga korjoma, yuz niqoblari, plastik niqoblar, N95 respiratorlari va qo‘lqoplar kiradi.

Markaz direktori, doktor Saydaliyev O‘zbekiston so‘roviga javoban tezkor amaliy javob qaytargan AQSh hukumatiga samimiy minnatdorlik izhor etdi. Qayd etilishicha, tibbiy himoya vositalari milliy zaxira sifatida saqlanadi va mamlakatda koronavirus aniqlangan taqdirda ishlatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring