Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonlik deputatlar prezidentga ochiq murojaat bilan chiqishdi

Andijonlik deputatlar prezidentga ochiq murojaat bilan chiqishdi

Foto: Skrinshot

Internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining bir qator deputatlari tomonidan murojaaat yo‘llanib, unda 2021-yil 17-may kuni bo‘lib o‘tgan sessiyada deputat Shuhrat Karimovning daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida qabul qilingan qaror noqonuniyligi bildirilgan.

Avvalroq mazkur holat Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashuvchi komissiyasi (Maxsus komissiya) tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borilayotganligi bo‘yicha xabar berilgan edi.

Ta’kidlash joizki, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan har bir masala puxta va sinchkovlik bilan qonunchilikka tayangan holda o‘rganish talab etiladi. Shu bois masalaga huquqiy yechim topish va adolatli qaror chiqarish maqsadida ayni paytda Maxsus komissiya tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmatiga ko‘ra, tez kunlarda ushbu o‘rganish natijalari yuzasidan jamoatchilikka batafsil ma’lumot beriladi.

Murojaatda keltirib o‘tilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda, qonunchilikka zid ravishda qabul qilingan qaror Senat tomonidan o‘rnatilgan tartibda bekor qilinishi ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring