Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon va Buxoroda dollarfurushlar qo‘lga olindi

Andijon va Buxoroda dollarfurushlar qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq va Shahrixon tumani bo‘limlari hamda IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar X.Yu. va X.M. jami 3 800 AQSh dollarini 49,4 mln so‘mga, fuqaro A.F. 3 700 AQSh dollarini 48,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Jondor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.B. fuqaro M.X.ga 3 200 AQSh dollarini 41,1 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring