Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijon korrupsiya bo‘yicha «yetakchi»

Andijon korrupsiya bo‘yicha «yetakchi»

Foto: «Xabar.uz»

Korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir qilish bo‘yicha Andijon viloyati o‘tgan 3 oyda eng yuqori o‘rinlarni egallab turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga aholisi korrupsiya bo‘yicha eng ko‘p murojaat qiladigan hududlar ichida Respublikada 1-o‘rinni band etmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, 2021 yilda 22 nafar shaxsga nisbatan 18 ta jinoyat ishi sudga yuborilgan. Ular o‘zlashtirish, firibgarlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish hamda pora olish kabi jinoyatlarni sodir qilgan.

Mazkur jinoyatlarga qo‘l urganlarning 4 nafari viloyat hokimligi, 18 nafari tuman va shahar hokimliklarining xodimlari hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring