Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

22.02.2020 — Vanga qo‘rqinchli bashoratida bu kun haqida nima degan?

22.02.2020 — Vanga qo‘rqinchli bashoratida bu kun haqida nima degan?

Foto: «Ptoday»

Rusiyzabon OAVlar Vanganing ilgari noma’lum bo‘lgan bashorati haqida xabarlar tarqata boshladi, deb yozmoqda «Zakon.kz».

Masalan, «Ekspress-Novosti» axborot agentligi xabariga ko‘ra, mashhur bashoratchi ayol Vanga 22.02.2020 sanasini sinovlar kuni, mash’um kun degan ekan. Vangaga ko‘ra, bu kun butun insoniyat uchun burilish kunidir.

Ushbu bashorat qoldirilgani yaqinda ma’lum bo‘lgan. Emishki, Vanga «temir sichqon» yili kirmagunicha bu haqda og‘iz ochmaslikni vasiyat qilib qoldirgan. Mana endi uning yaqin qarindoshlari ushbu sensatsion xabarni tarqatishni boshlab yuborishdi.

Vanga aytadiki, beshta ikkili kun — ko‘rgulik. Emishki, butun yerni kul qoplab, ummonlardagi suvlar otilib chiqarkan. Yana allaqanday kasallik ham eslanadi. Vanganing shaxsiy tarjimoni Stoyan Petrovga ko‘ra, bu yerda gap bir paytlar unutib yuborilgan va millionlab insonlarni qirib yuboruvchi kasallik haqida ketmoqda. Bu baloi azim janubdan tarqalishi haqida Vanga aytgan ekan.  Yuz millionlab insonlar boshiga ajal yog‘diruvchi bu balo, shuningdek, Quyosh faolligi bilan ham bog‘lanmoqda.

Shu o‘rinda ko‘pchilik koronavirusni eslagan bo‘lsa ajabmas. Qaysidir ma’noda bu kasallik ham unutilgan illatlardan sanaladi, chunki 1965-yilda ochilgan.

Vanganing bashoratida kosmik halokatga ham ishoralar bor. U Yerga asteroid kelib urilishi haqida ham bashorat qoldirgan. Bu ham beshta ikkilik sanaga to‘g‘ri keladi... Vanga ulkan sayyoramiz yuzasidagi ulkan yerlar yo‘q bo‘lib ketishi, tiriklar o‘liklarga havas qilishi haqida ham bashorat qilgan. Vangaga ko‘ra, ulkan jism Yerga uchib kelib, suvga qulaydi.

Bashoratchi ayol 22.02.2020 sanasini butun sayyoramizga daxldor halokatlar bilan ham bog‘lamoqda. Vanga bashoratining bitta joyi qiziq: emishki, mana shu dahshatli sinovlardan faqat yaxshi insonlargina eson-omon o‘tib, barcha yovuzlar qirilib bitarkan...

Astronomlar ham jim o‘tirishgani yo‘q, ular Vanganing bashoratlari ustidan ochiqchasiga kulishmoqda, deb yozadi «Cheltv.ru». Yer uchun eng xavfli sanalgan «PZ39» asteroidi yaqinginada — 15-fevralda «nishonga tegmay» o‘tib ketdi. Shu asteroid yana 55 yildan keyin qaytib, katta ehtimol bilan yana yonimizdan o‘tib ketadi. Bashoratlarni yoqtirmaydiganlar Vanganing bashoratlari «har maqomga yo‘rg‘alatish uchun» juda qulayligini ta’kidlashyapti. Qolaversa, Vanganing gaplarini yozib olganlar qanchalik halol insonlar — ana shunisi hammasidan qiziq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring