Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlarni ishga olgan korxonalarga soliq va boshqa sohalarda imtiyozlar beriladi

Yoshlarni ishga olgan korxonalarga soliq va boshqa sohalarda imtiyozlar beriladi

Foto: «Xabar.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar masalasi bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi. Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, yoshlarni ishga olgan korxonalarga bir qator imtiyozlar beriladi.

Jumladan, 1-maydan boshlab, agar korxona va kompaniyalar yoshlarni ishga qabul qilsa, korxonalarga ushbu xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi.

Bu orqali joriy yilda kamida 500 ming yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish mexanizmi yaratiladi va tadbirkorlar ixtiyorida bir yilda 1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ qoladi.

Shuningdek, 1-iyundan boshlab, «yoshlar daftari»ga kirgan talabalar korxona va kompaniyalarda amaliyot o‘taganda, ularga 500 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Birinchi marta ishga kirgan kasb-hunar markazlari bitiruvchilari 6 oygacha daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

1-maydan boshlab, «Yoshlar daftari»ga kirgan 5 nafardan ortiq ishsizlar bandligini ta’minlagan tadbirkorlarga davlat mulki ijarasi uchun 50 foizgacha imtiyoz beriladi.

Shu bilan birga, 1-maydan boshlab, xodimlari sonining kamida 70 foizi «yoshlar daftari»ga kirgan yosh tadbirkorlarga davlat mulki auksionsiz beriladi va ulardan 5 yil davomida ijara haqi undirilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring