Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalq banki tadbirkorlar uchun milliy va xorijiy valyutada kreditlar ajratmoqda

Xalq banki tadbirkorlar uchun milliy va xorijiy valyutada kreditlar ajratmoqda

Xalq banki tadbirkorlarga naqd pulda, maqbul foizli hamda qisqa muddatga mo‘ljallangan kredit olish imkonini yaratdi.

«Qulay kredit» – yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir necha turdagi tariflarga ega, barcha maqsadlar uchun mo‘ljallangan yangi xizmat turi. Foiz stavkasi mijoz qancha vaqt davomida kredit rasmiylashtiryotganiga bog‘liq bo‘ladi.

Kreditning maksimal muddati 3 oyni tashkil qiladi:

1 oyga – 2,77 % (xorijiy valyutada – 2,99 %);
2 oyga – 5,77 % (xorijiy valyutada – 6,99 %);
3 oyga – 8,77 % (xorijiy valyutada – 9,99 %).

Kredit foizi: diskont stavkasi (bir martalik bank komissiyasi).

Kredit summasi qarz oluvchining oxirgi 3 oylik kredit aylanmasining o‘rtacha 1 oyligi, lekin 50 million so‘mdan oshmagan miqdorda belgilanadi. Mijozlar ixtiyoriy ravishda ham naqd, ham naqdsiz shaklda kredit olishlari mumkin.

Kredit olish uchun oxirgi 3 oyda muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi, nolikvid balansga ega bo‘lmasligi va oxirgi hisobot davriga faoliyatini zarar bilan yakunlamagan bo‘lishi lozim.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • moliyaviy hisobotlar;
  • boshqa bank mijozi bo‘lgan taqdirda, o‘sha bankdagi pul aylanmalari to‘g‘risida ma’lumot.

Ushbu turdagi kreditdan bir necha bor foydalangan mijozlarga xizmat maxsus imtiyozlar bilan ajratiladi:

  • «Bronza» kreditidan 2 marotaba foydalangan va kredit qarzdorligining muddati o‘tmagan holda so‘ndirgan mijozlarga amaldagi diskont stavkasidan 0,3 punkt past darajada hamda kredit summasi 75 million so‘mdan oshmagan miqdorda;
  • «Silver» kreditidan 3 marotaba foydalangan va kredit qarzdorligini muddati o‘tmagan holda so‘ndirgan mijozlarga amaldagi diskont stavkasidan 0,6 punkt past darajada hamda kredit summasi 100 million so‘mdan oshmagan miqdorda;
  • «Gold» kreditidan 4 marotaba foydalangan va kredit qarzdorligini muddati o‘tmagan holda so‘ndirgan mijozlarga amaldagi diskont stavkasidan 0,9 punkt past darajada hamda kredit summasi 125 million so‘mdan oshmagan miqdorda.

Kreditni barcha kerakli hujjatlarni taqdim etgan holda bankning istalgan filialida olish mumkin. Xalq banki biznesingizni rivojlantirish va kengaytirishga yordam beradi va hamisha sizni qo‘llab-quvvatlaydi.

Reklama

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring