Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sodiq Safoyev: «Yevropa tomoni birinchi xabar berdi demasligingiz uchun aytaman...»

Sodiq Safoyev: «Yevropa tomoni birinchi xabar berdi demasligingiz uchun aytaman...»

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati rais o‘rinbosari Sodiq Safoyev Yevropa ittifoqi bilan savdo, siyosiy va madaniyat aloqalarini kengaytirish haqida muzokaralar ketayotganini xabar qilib o‘tdi.

«Hozir jurnalistlarni tanqid qiladigan vaqt emas. Ammo bir narsani aytib o‘tay — O‘zbekiston YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi masalasini o‘rganayotganini birinchi bo‘lib Rossiya tomoni emas, balki O‘zbekiston ta’kidlab o‘tgan. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Oliy Majlisga qilgan murojaatida aytib o‘tgan.

Yevropa tomoni birinchi bo‘lim xabar berdi, demasligingiz uchun hozirdan aytib qo‘yay, biz Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni kengaytirish haqida muzokara olib bormoqdamiz. Bu hamkorlik savdo, siyosat, madaniyat va boshqa sohalarni qamrab oladi. Muzokaralar juda muvaffaqiyatli davom etmoqda.

Bu haqda ham avval Yevropa tomoni avval xabar berdi, demasliklari uchun darhol aytib o‘tmoqchiman. Biz bu hamkorlikni kengaytirish uchun muzokaralarni muvaffaqiyatli olib bormoqdamiz. O‘zbekistonga savdo imtiyozlari berish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. 2020-yilning boshida Yevropa ittifoqi bilan kelishuvga erishamiz, deb o‘ylayman», — deydi Sodiq Safoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring