Sirdaryo yirik logistika xabiga aylantiriladi
Sirdaryo mamlakatimizni Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan bog‘laydigan yirik logistika xabiga aylantiriladi.
Buning uchun xitoylik investorlar bilan hamkorlikda respublikaning sharqiy va markaziy qismlarini hamda chet el yo‘nalishlariga bog‘laydigan yangi transport marshrutlari va multimodal logistika markazi quriladi.
Bulardan tashqari, yo‘llarni qurish, ta’mirlash va boshqarishga xususiy sektorni jalb qilish ham Sirdaryodan boshlanishi qayd etildi.
Ma’lumki, davlat tibbiy sug‘urtasi, tibbiyotni raqamlashtirish kabi islohotlar Sirdaryo viloyatidan boshlangan edi. Yurtimizdagi ilk tibbiyot klasteri ham shu yerda barpo etilayapti. Qo‘shni Qozog‘iston va Tojikistondan har oyda 1,5 ming bemor davolanish uchun Guliston shahriga kelmoqda.
Shu bois, beshinchi tashabbus doirasida Guliston shahri mamlakatimizning «Innovatsion meditsina xabi»ga aylantiriladi.
Davlatimiz rahbari barcha tashabbuslar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter