Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev YeOII haqida: «Deputat va senatorlar masalani astoydil o‘rgansin. Ma’qul desa — ma’qul, noma’qul desa — noma’qul»

Shavkat Mirziyoyev YeOII haqida: «Deputat va senatorlar masalani astoydil o‘rgansin. Ma’qul desa — ma’qul, noma’qul desa — noma’qul»

Oliy Majlisga murojaatnomasi davomida prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro integratsiya, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, JST va Yevropa ittifoqi bilan hamkorliklar haqida gapirdi. 

Prezident so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyot rivojida tranzit savdo muhim ekanini ta’kidladi. 

«Biz 20 yil chegaralarni yopib yashadik. Natijada tranzit savdo yo‘llari, foydalari boshqalarga o‘tib ketdi. Endi tizimni qaytadan yo‘lga qo‘yish kerak» dedi davlat rahbari. 

Shavkat Mirziyoyev shuningdek, munozaralarga sabab bo‘layotgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. 

«Bu masalani bir yildan beri o‘rganyapmiz. Bu masalani eng avvalo xalqimizning manfaatlari, ularning orzu-istaklariga tayanib hal qilamiz. Deputatlar va senatorlar ushbu masalani atroflicha o‘rganib, xulosalar berishni o‘z zimmalariga olishlari lozim. Deputatlar qo‘liga qalam olib masalaning ijobiy va salbiy tomonlarini o‘rgansin. Ularni aytgani bo‘ladi. Ma’qul desa — ma’qul, noma’qul desa — noma’qul bo‘ladi. Lekin men aytganm masalarni ham inobatga olinglar» — dedi O‘zbekiston rahbari. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring