Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qurilish inspeksiyasi Hukumat tarkibiga o‘tkaziladi

Qurilish inspeksiyasi Hukumat tarkibiga o‘tkaziladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda Qurilish inspeksiyasi faoliyatini jonlantirish zarurligi qayd etildi.

O‘tgan bir yarim yilda ekspertizasi yo‘q 2,2 ming obyekt qurilishiga asossiz ruxsat berilgan. O‘tgan yil ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan qurilishi boshlangan 1,6 mingta obyekt aniqlangan.

Shu bois, ushbu inspeksiya Hukumat tarkibiga o‘tkazilishi va vakolatlari kengaytirilishi belgilandi.

Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar bo‘yicha jazo choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Bunday holatlarni aniqlash uchun Qurilish inspeksiyasining texnik vositalar, shu jumladan, dronlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring