Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident yangi zavod ochilishida rossiyalik vazir bilan uchrashdi

Prezident yangi zavod ochilishida rossiyalik vazir bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni Toshkent metallurgiya zavodining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar doirasida Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari poytaxt hududida amalga oshirilgan metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yirik va zamonaviy korxonani tashkil etish loyihasi O‘zbekiston va Rossiya kompaniya va banklari o‘rtasidagi samarali hamkorlikning namunasi ekanini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ushbu zavodning vujudga kelishi keyingi yillarda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikda jiddiy sifat o‘zgarishlari kuzatilayotganidan ham dalolat beradi.

Denis Manturov samimiy qabul uchun O‘zbekiston rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda ustuvor qo‘shma dastur va loyihalarning borishi ko‘rib chiqildi, amaliy hamkorlikni kengaytirish borasidagi rejalar muhokama qilindi.

Mashinasozlik, agrosanoat, farmatsevtika, yengil va oziq-ovqat sanoati, ko‘plab boshqa tarmoqlarda yuqori texnologik ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishda ikki mamlakatning yetakchi korxonalari o‘rtasidagi kooperatsiya loyihalarini ishlab chiqish va ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Sanoat kooperatsiyasi loyihalarini, shu jumladan tashkil etilgan qo‘shma Loyiha ofisi faoliyati doirasida har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga hamrohlik qilish, shuningdek, iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investitsiyalarni ko‘paytirish uchun qulay sharoitlar yaratish muhimligi qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring