Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident oziq-ovqat sohasiga oid farmonni imzoladi

Prezident oziq-ovqat sohasiga oid farmonni imzoladi

Foto: Xabar.uz

«Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF-36-son, 16.02.2024-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan 220 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar 2024-yil 1-martgacha tijorat banklariga yo‘naltiriladi. Bunda tijorat banklari tomonidan yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan bank marjasi 4 foiz) milliy valyutada quyidagi imtiyozli kreditlar ajratiladi:

- oziq-ovqat yo‘nalishidagi, sohada mahsulot yetishtirishdan tortib, uni iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun – 10 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan;

- aylanma mablag‘lar uchun – 18 oy muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan.

2024-yil 1-martdan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi resurslari hisobidan oziq-ovqat mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun 2 yil muddatgacha ular tomonidan oxirgi 12 oy davomida eksport hajmi:

- 100 ming AQSh dollaridan 1 million AQSh dollarigacha bo‘lganda –100 ming AQSh dollarigacha;
- 1 million AQSh dollaridan 2 million AQSh dollarigacha bo‘lganda –1 million AQSh dollarigacha;
- 2 million AQSh dollaridan 4 million AQSh dollarigacha bo‘lganda –2 million AQSh dollarigacha;
- 4 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda – 3 million AQSh dollarigacha moliyaviy resurslar ajratiladi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari va eksport qiluvchilar tomonidan xorijiy davlatlarda savdo uyi va do‘konlarini tashkil etish uchun alohida qarorlarsiz yiliga 50 ming AQSh dollarigacha mablag‘ni xorijiy hisob raqamlarga o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring