Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: «Afsuski, banklarimiz haliyam eski tizimda ishlayapti»

Prezident: «Afsuski, banklarimiz haliyam eski tizimda ishlayapti»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaati davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari nutqida banklar faoliyatiga tanqidiy jihatdan to‘xtaldi. 

«2020-yilda banklarda katta transformatsiya amalga oshadi. Bank tizimida tadbirkorlarni qo‘llash loyihasi ishga tushiriladi. Banklar hali tadbirkorlar bilan ishlashni, loyihalarni berishni bilmaydi. Afsuski, ko‘plab banklarimiz haliyam eski tizimda ishlayapti. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda 10-15 yil orqada qolib ketgan. 

Yaqin tarixda qishloqlarda bankomatlar yo‘q edi. Tan olaylik, pensionerlarga kartada pul berdik. Chunki, pul, so‘m yo‘q edi. Buni o‘zim quyi tizimda ishlaganimda bilganman. 

Aholiga banklar tizimiga ishonchni yo‘lga qo‘yish va uning ishiga chetdan aralashuvni to‘xtatish kerak. Masalan Xalq bankida yangi tizimni yo‘lga qo‘ydik. Bank foizlarini chet elga sotyapsiz. O‘z-o‘zidan bankning mijozlari ko‘paya boshladi. Chunki qaysi bank xizmatlarni ko‘paytirsa, mijozlarni «siz desa rivojlanadi» dedi prezident. 

Shuningdek, davlat banklari bosqichma bosqich xorijiy investorlarga sotilishi ma’lum qilindi. 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring