Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zsanoatqurilishbank boshqaruvi g‘ozg‘onlik yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

O‘zsanoatqurilishbank boshqaruvi g‘ozg‘onlik yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruvi tomonidan Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahrida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Mamlakatimizdayoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash ishlarini samarali tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda. 2021-yilning «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb e’lon qilinishi ham yoshlarga bo‘lgan katta e’tibor namunasidir.

G‘ozg‘onlik yoshlar bilan muloqotda Bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Zafar Azimov yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan «Yoshlar daftari»ning o‘rni alohida o‘rin tutayotganini ta’kidladi.Joriy yilning 11-mart kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida ushbu daftarga kiritilgan yoshlar bilan ishlashning amaliy va moliyaviy mexanizmlari yanada takomillashtirildi.

Ochiq va konstruktiv tarzda o‘tgan uchrashuvdayosh yigit-qizlarga tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar, ularning huquqiy asoslari hamda bank va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar xususida ma’lumot berildi.

–Bugungi samimiy suhbat davomida biz biznes sohasida bilim va ko‘nikmalarimizni yanada mustahkamladik, o‘zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik, – deydi yosh tadbirkor Oysha Rustamova. – Xususan, mening kashtachilik mahsulotlarimni Turkiya davlatiga eksport qilish borasidagi masalamga yechim topilib, mutasaddilar tomonidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatildi.

Uchrashuvda yoshlar bildirgan taklif va savollardan kelib chiqib yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Shuningdek, 20 ga yaqin murojaatlar qabul qilinib, ijrosi Bank Boshqaruvi hamda shahar hokimligi tomonidan alohida nazoratga olindi.

–Prezidentimizning 2021-yil 9-iyundagi «Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bilan qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan hududlar orasida G‘azg‘on shahri ham bor, – deydi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Zafar Azimov. – Bugungi uchrashuvda ham qurilish materiallarini ishlab chiqarishda hudud imkoniyatlari haqida ma’lumot berishga harakat qildik, yangi biznes g‘oyalar bilan o‘rtoqlashdik.

Qayd etish joizki, bu kabi uchrashuvlarda bildirilgan taklif va murojaatlar Bank Boshqaruvi tomonidan umumlashtirilib, yakuniy loyihalar paketi shakllantiriladi va moliyalashtirishga qaratiladi.

Tadbir so‘ngida «Yoshlar daftari»ga kiritilgan bir guruhyigit-qizlarga Bankning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring