Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: «Ishchi guruh» tomonidan Sho‘rtan hududida tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi

«O‘zbekneftgaz»: «Ishchi guruh» tomonidan Sho‘rtan hududida tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov boshchiligida 2022 yil 7 dekabr kuni energetika sohasida yuzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda qo‘yilgan topshiriqlaridan kelib chiqib «O‘zbekneftgaz» AJda «Tezkor shtab» tashkil etildi. «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» tomonidan joylarda tabiiy gaz qazib chiqarishni oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar nazorati kuchaytirildi.

Bugun Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari Qashqadaryo viloyatida joylashgan Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida uglevodorodlar qazib chiqarishni ko‘paytirish hamda tabiiy gaz zahiralarini oshirish dasturlari va geologo-texnik tadbirlar ijrosi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazmoqdi.

Dastlab, «Sho‘rtan» konida joylashgan siquv kompressor stansiyalari 1-,2-navbatlariga borilib 7 dekabr kuni elektr energiyasi qisqa uzilishidan so‘ng qayta ishga tushirilgan gaz haydash agregatlarining ish faoliyatini joyidan o‘rganildi.

«Uzbekistan GTL» zavodida mavjud elektr generatsiyasi ishlab chiqarish quvvatlaridan siquv kompressor stansiyalarini elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha quvvati 35 kV bo‘lgan havo liniyasi qurish bo‘yicha boshlangan loyihani jadallashtirish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Tashrif davomida «Sho‘rtan» konida uglevodorodlar zaxirasini o‘stirish  yo‘nalishida chuqur qatlamlarning istiqbolliligini o‘rganish bo‘yicha «Terrigen-1» izlov-qidiruv qudug‘ida va «Sho‘rtan» 361-, 362-, 393-sonli ishlatish quduqlarida olib borilayotgan burg‘ilash ishlari bilan tanishildi.

Shundan so‘ng, geologik-izlov qidiruv dasturi doirasida «Niyoz» istiqbolli maydonida burg‘ilash ishlari natijasida sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi olingan 2-sonli quduqni o‘zlashtirish uchun 26 km uzunlikdagi gaz quvurini qurish jarayonlari o‘rganildi.

Qurilish maydonida tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha geologo-texnik tadbirlarning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hisoboti tinglandi va «Sho‘rtan» boshqarmasida tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish reja ko‘rsatkichlarni ta’minlash bo‘yicha boshqarmasi va tegishli departament rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Boshqaruv raisi quduqlarda vaxta usulida faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar bilan suhbatlashib, avvalo mana shunday sovuq ob-havo sharoitida tabbiy gaz qazib chiqarilishi yo‘lida mehnat qilayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi va ularning barchasini 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yillik bayrami bilan tabrikladi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumida tabiiy gaz qazib chiqarishni oshirishga qaratilgan geologo-texnik tadbirlar ijrosini ta’minlash va nazorat qilish bo‘yicha «Sho‘rtan» boshqarmasi va boshqa korxonalarda tezkor shtablarni tuzib, 24/7 rejimida ish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning yilning o‘tgan davrda «Sho‘rtan» boshqarmasida geologo-texnik tadbirlar doirasida 16 yangi ishlatish quduqlari burg‘ilandi, 116 ta quduqlarda ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari bajarildi, 6 ta texnologik ob’yektlar ishga tushirildi. Natijada tadbirlar hisobidan 363,9 mln kub metr gaz va 6,9 ming tn gaz kondensati qazib olishga erishildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring