Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning qarzi ilk bor $35 milliarddan oshdi

O‘zbekistonning qarzi ilk bor $35 milliarddan oshdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 2021 yilning birinchi olti oyida 35,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Yil boshidan buyon u 6 foizga yoki 2 mlrd dollarga o‘sdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Tashqi qarz – davlat va xususiy qarzlardan iborat. Davlat qarzi 22 mlrd dollarni tashkil etib, 3 foizga o‘sgan. Bu asosan yangi qarzlar va ular bo‘yicha to‘lovlarni jalb qilish, obligatsiyalar narxining pasayishi va valyuta kursining o‘zgarishi hisobiga o‘sdi.

Xususiy qarz esa 13,9 mlrd dollarni tashkil etmoqda va u 11 foizga o‘sdi. O‘sish asosan banklar va boshqa sektorlarning qarz olish hajmining oshishi hisobiga bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring