Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va «Atletiko Madrid» futbol klubi hamkorligining yangi istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston va «Atletiko Madrid» futbol klubi hamkorligining yangi istiqbollari muhokama qilindi

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Ispaniyaning yetakchi futbol klublaridan biri - «Atletiko Madrid» rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

«Atletiko Madrid» futbol klubining jahon miqyosidagi obro‘si va keng qamrovini hisobga olgan holda, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini xalqaro darajada targ‘ib qilish borasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Buning natijasida O‘zbekistonning jozibador sayyohlik yo‘nalishi sifatidagi tanilishini oshirish, shuningdek, mamlakatning boy madaniy va tarixiy merosini ommalashtirishga qaratilgan qo‘shma reklama kampaniyalarini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu uchrashuv O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijiy mamlakatlarda yanada targ‘ib qilishda muhim qadam bo‘ldi, shuningdek, turizm sohasida marketing strategiyasini amalga oshirishning yangi istiqbollarini ochadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring