Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Milliy bank» va «Gazprombank» hamkorlikda seminar-trening tashkil etdi

«Milliy bank» va «Gazprombank» hamkorlikda seminar-trening tashkil etdi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 13-14 dekabr kunlari Bank-moliya akademiyasi binosida (BMA), O‘zbekiston Milliy banki tomonidan «Gazprombank» (Aksionerlik Jamiyati) (GPB AO) hamkorligida, «Loyihalarni moliyalashtirish va risklarni xedjirlash» mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur seminar-trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktyabrdagi «Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4503-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Bank-moliya akademiyasini yanada rivojlantirish, O‘zmilliybank va O‘zbekiston Respublikasining boshqa tijorat banklari mutaxassislarining loyihalarni moliyalashtirish sohasidagi malakasini oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Seminar-treningda «Gazprombank»ning (Aksionerlik jamiyati) rahbar xodimlari ma’ruzachi sifatida qatnashdilar.

Seminar-treningdan ko‘zlangan maqsad, loyihaviy va strukturaviy moliyalashtirish hamda risklarni xedjirlash sohasidagi xalqaro tajribalarni o‘rganish, korporativ blok, risk-menejment, g‘aznachilik mutaxassislarini o‘qitishdan iborat.

Seminar-trening ikki qismda bo‘lib o‘tdi. Birinchi qismda ma’ruzachilar, Gazprombankda loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish bilan bog‘liq jihatlar, loyihalarni moliyalashtirishning investitsion kreditlashdan farqi haqida gapirib o‘tdilar, shuningdek, investitsion loyihalarni moliyalashtirishni tashkil etishning g‘oyaviy bosqichdan moliyalashtirishga qadar bosqichlarini alohida tasniflab o‘tishdi. Loyihalarni moliyalashtirish bilan bog‘liq risklarni boshqarish va bitimlar tahlili amalga oshirildi. Ushbu mavzu muhokamasi davomida, investitsiya fazasi, texnologik xatarlar va budjetdan oshib ketish xatari singari tushunchalar ham ko‘tarildi.

Seminar-trening ma’ruza qismi yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni muhokama qildilar.

Seminar-treningning ikkinchi qismi mahorat darsi shaklida o‘tkazildi. Unda loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha bitimlarning tuzilishi ko‘rib chiqildi, ishtirokchilar muayyan misollardan foydalangan holda amaliy tadqiqotlar davomida xatarlar darajasi va ularning pasayishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, loyihani tashabbuskorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishining muhim jihatlari, ta’minotning asosiy ko‘rinishlari, narxni shakllantirish haqida ham ma’lumot berildi.

Ishtirokchilar mahorat darsi davomida o‘z faoliyatlarida as qotishi mumkin bo‘lgan ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Milliy bank Matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring