Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Metroning Sergeli liniyasi qurilishida tadbirkorga yetkazilgan zarar qoplanmagan

Metroning Sergeli liniyasi qurilishida tadbirkorga yetkazilgan zarar qoplanmagan

Foto: «Xabar.uz»

Tadbirkorga kompensatsiya to‘lab berish yuzasidan hokimlikning harakatsizlik holati aniqlandi, deb xabar bermoqda Biznes-ombusman.

Qayd etilishicha, «Manufacturer» MChJ (nomi o‘zgartirilgan) «Toshkent metropoliteni»ning Sergeli liniyasi qurilishi munosabati bilan yetkazilgan zarar uchun Toshkent shahar hokimligi tomonidan kompensatsiya to‘lanmaganligidan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, yuqoridagi qurilish ishlari natijasida Jamiyatga tegishli bo‘lgan 2.210 kv.m. yer maydonida 181 654 527 so‘mlik zarar yetkazilgan. Shu bilan birga, Jamiyat tomonidan Toshkent shahar hokimligiga kompensatsiyani to‘lab berish yuzasidan yuborilgan murojaati hokimlik tomonidan e’tiborsiz qoldirilgan.

Biznes-ombudsmanning Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan da’vo arizasi natijasida, Toshkent shahar hokimligining hisobidan 181 654 527 so‘mlik kompensatsiyani «Manufacturer» MChJning foydasiga undirib berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring