Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Lenovo – tabiatni asrash va raqamli texnologiyalar uyg‘unligi

Lenovo – tabiatni asrash va raqamli texnologiyalar uyg‘unligi

Lenovo — 180 ta bozor (mamlakat)da millionlab mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi, o‘z ilmiy-tadqiqot markazlari tarmog‘i va butun dunyo bo‘ylab 35 ta ishlab chiqarish maydonchalariga ega kompaniya.

Kompaniyaning o‘ziga qarashli va qo‘shma korxonalar, shuningdek, ODM (Original Design & Manufacturer) ishlab chiqarishdan iborat noyob gibrid ishlab chiqarish modeli uning nafaqat raqobatbardosh ustunligini, balki mahsulot ishlab chiqarish va ta’minot zanjiri yuqori samaradorligi va nazoratini ta’minlaydi. Shuning sharofati bilan, Gartner talqiniga ko‘ra, jahondagi 25 ta eng yirik ta’minotchilar reytingida Lenovo 8-o‘rinni egalladi.

Xilma-xil yechimlar portfeli

Lenovo — noutbuklar yetkazib berishda dunyoda yetakchi, biroq kompaniya innovatsiyalari allaqachon shaxsiy kompyuterlar va mobil qurilmalar doirasidan tashqariga chiqqan. Lenovo 2018 yildayoq jahonda birinchi raqamli superkompyuterlar ta’minotchisi sifatida nom qozondi. Har yili o‘tkaziladigan Top500.org. reytingi ma’lumotlari ham bunga shohidlik beradi. 2020 yilda dunyodagi har uchinchi superkompyuter (reytingdagi barcha superkompyuterlarning 36 foizi) Lenovo tizimlarida ishlagan. Bu boshqa istalgan ishlab chiqaruvchining ko‘rsatkichlaridan yuqori.

Kompaniyaning R&D (Research and Development, Tadqiqotlar va Ishlanmalar)ga doimiy investitsiyalari sababli Lenovo aqlli shaharlar va sanoat uchun Narsalar interneti (IoT)dan tortib, to‘ldirilgan reallik va metakoinotlar singari raqamli texnologiyalar yetakchi ta’minotchilaridan biriga aylandi. Bugungi kunda kompaniyaning patentlar portfelida 33 mingdan ortiq ixtirolar mavjud. Narsalar interneti intellektual texnologiyalari, IT infratuzilmasi va vertikal yechimlar (Smart IoT, Smart Infrastructure and Smart Verticals)ni o‘z ichiga olgan 3S strategiyasidan kelib chiqib, Lenovo o‘zining servis-provayder va kompleks raqamli xizmatlar ta’minotchisi transformatsiyasini izchillik bilan amalga oshirmoqda. Buning uchun kompaniyaning uch asosiy biznes-guruhi mas’ul: Servis yechimlari va xizmatlari guruhi (Solutions and Services Group, SSG), Infratuzilma yechimlari guruhi (Infrastructure Solutions Group, ISG) va Intellektual qurilmalar guruhi (Intelligent Devices Group, IDG).

Servis yechimlari va xizmatlari guruhi (SSG)

Mijozlar, biznes samaradorligi va moslashuvchanligini oshirish maqsadida, o‘zlarining IT-infratuzilmasi, dasturiy ta’minoti uchun kompleks IT-yechimlarga, shuningdek, kengaytirilgan iste’mol modeli imkoniyatlariga ega qo‘shimcha xizmatlar va servislarga tobora ko‘proq murojaat qilishmoqda. SSG bo‘linmalari shunday ehtiyojlar uchun shaxsiy kompyuterlar, infratuzilma yoki intellektual vertikal yechimlar, servis xizmatlari, texnik qo‘llab-quvvatlash, loyihalarni boshqarish bo‘yicha xizmatlar va boshqalarni o‘z ichiga olgan kompleks takliflarni shakllantirish bilan shug‘ullanadi.

Infratuzilma yechimlari guruhi (ISG)

Katta ma’lumotlarning tarqatish uchun yuqori samarali IT-infratuzilma kerak bo‘ladi. Sun’iy intellekt, kengaytirilgan hisoblashlar (Edge computing), gibrid bulutli muhitlar — Lenovo ISG taqdim etayotgan yechimlar faqat bular bilan chegaralanmaydi. Ulkan vositalar portfeli, keng mijozlar tarmog‘i va to‘liq integratsiyalashgan noyob ODM+ biznes-modeli sharofati bilan Lenovo jahondagi eng tez rivojlanayotgan infratuzilma yechimlari ta’minotchilaridan biriga aylandi. O‘zida yo‘lga qo‘yilgan ona platalar ishlab chiqarish, tizimlarni loyihalash, serverlarni yig‘ish va boshqa mahsulotlar Lenovo ga innovatsiyalarni joriy etish, turli sohalardagi mijozlar uchun moslashtirilgan takliflarni yaratish imkonini beradi.

«Raqamli transformatsiyalar hisoblash infratuzilmasini muntazam yangilash va kengaytirib borishni taqozo qiladi. Lenovo ko‘p yillardan buyon sanoat yo‘lboshchisi sifatida IT-infratuzilma sohasida eng ilg‘or texnologiyalarni taklif etib kelmoqda. Albatta, atrof-muhit muhofazasi ham doimiy kun tartibimizda — bu kompaniyamiz strategiyasining muhim qismidir. Infratuzilma yechimlaridan tashqari, shaxsiy tizimlar va mobil qurilmalar bozorida yaqqol yetakchi sanalamiz, shuningdek, keng qamrovli xizmatlar ko‘rsatamiz. Biz kelajakni integratsiyalashgan yechimlarda ko‘ramiz va bunga alohida e’tibor qaratamiz. Hozirda biz dunyodagi eng tez rivojlanayotgan infratuzilma vendorimiz. Markaziy Osiyo biz uchun ustuvor rivojlanish mintaqalaridan biri hisoblanadi. Biz mintaqaga, inson resurslariga investitsiyalarni ko‘paytiryapmiz, sheriklik tarmog‘ini rivojlantirishga sarmoya kirityapmiz, xizmat ko‘rsatish sohamizni kuchaytiryapmiz, mintaqaviy ehtiyot qismlari omborlarini ochishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Biz Premier Support kengaytirilgan qo‘llab-quvvatlash dasturini, shuningdek, sheriklar uchun Lenovo 360 platformasini ishga tushirdik», — dedi Lenovo Infratuzilma yechimlari guruhi (ISG)ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Andrey Kutukov.

Intellektual qurilmalar guruhi (IDG)

Lenovo — jahonda jo‘natilgan so‘nggi qurilmalar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Kompaniya, shuningdek, Qozog‘istonda ham yetakchi mavqega ega. Lenovo mahsulotlar portfeliga quyidagilar kiradi: kompyuterlar (ThinkPad, ThinkBook, Yoga va boshqalar), o‘yin noutbuklari (LOQ va Legion), planshetlar, monitorlar, aksessuarlar, Motorola smartfonlari, AR &VR, hamkorlikda ishlash (ThinkSmart) va kiberxavfsizlik (ThinkShield)) yechimlari, ish, o‘qish, dam olish uchun boshqa innovatsion mahsulotlar va xizmatlar.

Hamma narsaga ilmiy asoslangan yondashuv va barqaror rivojlanish yo‘li

Lenovo texnologiya va innovatsiyalar faqat samaradorlikni oshirish yoki nimagadir iqtisodiy qiymat qo‘shish maqsadida yaratilmasligi kerak, deb hisoblaydi. Kompaniya barqaror rivojlanish tamoyillariga va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun ilmiy asoslangan yondashuvga amal qiladi. Lenovo ishlab chiqarishda karbonat angidrid chiqindilari va elektr energiyasini iste’mol qilishni kamaytirish imkonini beruvchi patentlangan innovatsion jarayonni yo‘lga qo‘ydi, kompaniya ta’minot zanjirida bioyoqilg‘idan foydalanmoqda, infratuzilma yechimlari va superkompyuterlarida ekologik toza suyuq sovitish tizimini o‘rnatmoqda. 2023 yilning yanvar oyida Lenovo uglerod neytralligi maqsadlari SBTi tomonidan tasdiqlangan dunyodagi ilk kompyuter va smartfon ishlab chiqaruvchisi bo‘ldi.

Lenovo har jabhada korporativ javobgarlikni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Kompaniyaning ESG sohasidagi sa’y-harakatlari sohaning ko‘plab e’tiroflariga sazovor bo‘lgan: Lenovo «Korporativ tenglik indeksi 2022», 2022 yilgi Bloomberg «Gender tengligi indeksi» reytinglariga, 2022 yilgi Hang Seng «Korporativ barqarorlik indeksi» AA+ reytingiga kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring