Isroil O‘zbekistonning JSTga a’zoligini ratifikatsiya qildi
Isroil O‘zbekistonning JSTga a’zoligini ratifikatsiya qildi.
Mamlakatimizning Isroildagi elchixonasiga ko‘ra, BAAda bo‘lib o‘tayotgan Jahon savdo tashkilotining konferensiyasi doirasida tegishli hujjatni Isroil iqtisodiyot vaziri Nir Barkat O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev bilan uchrashuvda imzoladi.
Ma’lumot uchun, JSTga a’zo bo‘lish uchun barcha a’zo davlatlarning roziligi kerak.
JSTga a’zolik O‘zbekistonga keng imkoniyatlar eshiklarini ochadi, mamlakat 164 ta davlat bilan teng huquqli asosda savdo qilish imkonini qo‘lga kiritadi.
Markaziy Osiyoda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston JSTga a’zo davlatlar sanaladi. O‘zbekiston va Turkmaniston hozirda kuzatuvchi davlatlardir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter