Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoga mashhur kompaniyalar, sifatli farmatsevtika va futbol – Toshkentda «Made in Pakistan» ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda (video)

Dunyoga mashhur kompaniyalar, sifatli farmatsevtika va futbol – Toshkentda «Made in Pakistan» ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda (video)

Pokiston tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarda turadi. Bug‘doy yetishtirish bo‘yicha esa butun boshli Afrika yoki Janubiy Amerika mamlakatlari unga teng kela olmaydilar. Bundan tashqari shakarqamish, paxta va bug‘doy hosili bo‘yicha ham dunyoda yetakchilar qatorida turadi. Tabiiyki oziq-ovqat xavfsizligi masalasi tobora dolzarb tus olayotgan zamonaviy makonda bu ko‘rsatkichlarning o‘rni juda yuqoridir.

Ammo bu hali hammasi emas – Pokiston axborot texnologiyalari sohasida raqamli xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Texnologiyalar bozorida o‘z o‘rniga egallashga intilayotgan O‘zbekiston uchun yaqin do‘st va ishonchli hamkor bo‘lgan davlat bilan tajriba almashish katta ahamiyat kasb etadi.

Bugun, 28 iyun kuni Toshkentdagi UzExpo markazida «Made in Pakistan» ko‘rgazmasi ish boshladi. 30 iyunga qadar davom etuvchi mazkur ko‘rgazmada Pokistonning 80 dan ortiq yetakchi kompaniyalari ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida, Pokiston va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi biznesdan-biznesga (B2B) uchrashuvlari ham o‘tkazilyapti.

Ko‘rgazma Pokiston hukumati, Tijorat vazirligi hamda Savdoni rivojlantirish departamenti (TDAP) tomonidan mamlakatning Toshkentdagi elchixonasi hamkorligida tashkil e tilgan. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad Pokistonning ishlab chiqarish qobiliyati hamda innovatsiyalarini namoyish etishdan iborat.

Ko‘rgazmada to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, muhandislik mahsulotlari, axborot texnologiyalari va boshqa ko‘plab sohalardagi innovatsiyalar taqdim etilmoqda.

Pokiston va O‘zbekiston strategik savdo hamkorlar hisoblanadi. Ikki mamlakat 2022 yilda tranzit savdo shartnomasi, 2023 yilda esa imtiyozli savdo shartnomasini imzoladi. Ikki tomonlama savdo aloqalari yuqori trayektoriyada davom etmoqda.

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida kelishilgan Yo‘l xaritasi doirasida ikki tomonlama savdoni uch yil ichida 1 milliard AQSh dollarigacha oshirish maqsad qilingan. Buning uchun yaqin vaqtlarda Pokistonda ham O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Pokiston shuningdek sport jihozlari tayyorlash bo‘yicha ham yetakchi davlatlar sirasiga kiradi. Bu mamlakatda ishlab chiqarilgan koptokni tepib ko‘rmagan futbol ihlosmandi yurtimizda deyarli bo‘lmasa kerak. Goldsoni kompaniyasi ham O‘zbekistonga kirib kelarkan, mamlakat sporti rivojiga o‘z hissasini qo‘shishdan umidvor.

Ma’lumki, Pokistonning strategik joylashuvi Janubiy Osiyo, Markaziy Osiyo va yaqin Sharqni bog‘lab, Arab dengiziga hamda asosiy dengiz yo‘llariga kirish eshigi bo‘lib xizmat qiladi. Pokistonning avtomobil yo‘llari, Gvadar va Karachi portlari, yaxshilangan temir yo‘l aloqalarini o‘z ichiga olgan infratuzilmaga investitsiyalari tranzit savdosi samaradorligini oshiradi. Pokiston hukumati Savdo vazirligi Markaziy Osiyodagi birodar mamlakatlar bilan savdo va iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish uchun o‘zining mintaqaviy aloqalar siyosati doirasida harakat qilib kelmoqda va bundan ikki mamlakatning tarixiy aloqalarini o‘zaro manfaatli iqtisodiy sheriklikka aylantirish maqsadi ko‘zlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring